Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Donald Tramp muhojirlar deportatsiyasi haqidagi fikrini o‘zgartirmadi
AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp OAVning muhojirlar deporttsiyasiga munosabati biroz o‘zgargani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqida Fox News ma'lum qildi.
Tramp prezident bo‘lgan taqdirda yoppasiga emas, AQSh qonunlariga muvofiq "yomon kishilar"dan qutulmoqchi ekanligini aytgan.
"Biz mavjud qonunlarga rioya qilishimiz kerak. Hozir ular juda qat'iy. Prezident bo‘lib saylansam, bajarishimiz kerak bo‘lgan birinchi ish - bu yomon kishilardan xalos bo‘lish. Bizda jinoyatchi to‘da a'zolari, qotillar yashashadi, mamlakatdan surgun qilishimiz lozim bo‘lgan yomon odamlar ko‘p", - deya izoh beradi Tramp.
U shunday qo‘shimcha qildi: "Xalq Obamaning mamlakatdan juda ko‘plab insonlarni chiqarib yuborganini bilmaydi, Bush (AQShning sobiq prezidenti Jorj Bush) ham xuddi shu ishni qilgan... Joriy qonunlarga ko‘ra, ko‘plab kishilar mamlakatdan tashqariga chiqarib yuborilgan, men ham shu yo‘lni tutmoqchiman".
Prezidentlikka nomzodning ta'kidlashicha, u AQShda zarur hujjatlarsiz yashovchi noqonuniy muhojirlarga insoniylikdan chetga chiqmagan holda munosabatda bo‘ladi.
"Ularni qamoqxonalarda saqlashning keragi yo‘q, men bunday qilmoqchi emasman. Biz ular bilan insoniy munosabatda bo‘lamiz", - deya va'da berdi Tramp.
Mavzuga oid
10:25 / 12.06.2026
AQShdan deportatsiya qilingan 24 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga qaytarildi
18:06 / 08.06.2026
Rossiyada migrantlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish muddati qisqartiriladi
17:43 / 04.06.2026
1 iyundan Rossiya qonunchiligida migrantlar uchun qator o‘zgarishlar kuchga kirdi
11:43 / 17.05.2026