Jahon | 15:37 / 23.08.2016
4815
1 daqiqa o‘qiladi

YeXHT AQShdagi saylovlarga 500 nafar kuzatuvchi jo‘natadi

Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) AQShdagi prezidentlik saylovlariga 500 nafar xalqaro kuzatuvchi yuborishga tayyorlanmoqda. Agar bu amalga oshsa, AQShdagi prezidentlik saylovlarida 4 yil oldingi saylovdagiga qaraganda 10 barobar ko‘p kuzatuvchi ishtirok etishi bo‘ladi.

TASS agentligining ma'lum qilishicha, Qo‘shma shtatlardagi 200dan ortiq huquq tashkilotlari YeXHTdan kuzatuvchilar sonini oshirishni so‘ragan.

Huquq himoyachilari qoidalar buzilishi ehtimoli ko‘p bo‘lgan 8ta shtatga alohida e'tibor qaratishni so‘ragan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid