Jahon | 19:20 / 24.08.2016
7116
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada yana bir zilzila ro‘y berdi

Italiyaning markaziy qismida 4,9 balli yana bir zilzila qayd etildi.

TASS xabariga ko‘ra, yer silkinishini Rim shahridagilar ham sezishgan.

Eslatib o‘tamiz, Italiyaning markaziy qismida mahalliy vaqt bilan tungi soat 03:36da (Toshkent vaqti bilan 06:36) 6,1 balli birinchi yer osti silkinishi sodir bo‘ldi. Yer qimirlashi epimarkazi Riyeti viloyatidagi Akkumoli shahri yaqinida, yer yuzidan taxminan to‘rt kilometr chuqurlikda bo‘lgan. Ushbu silkinishlar natijasida Amatriche shahrida ham kuchli vayrongarchiliklar sodir bo‘lgan.

1 soat o‘tib 5,4 balli ikkinchi silkinish Umbriya viloyatida qayd etildi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 63 nafarni tashkil qilmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid