Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tesla kompaniyasining yangi elektromobili rekord masofaga yura oladi
AQShning elektromobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Tesla kompaniyasi Model S P100D va Model X P100D modellarini namoyish etdi. Ular, avval chiqarilgan modellarning takomillashtirilgan akkumulyatorlarga ega rusumlaridir, deyiladi kompaniya blogida.
Xabarlarga ko‘ra, avtomobillar maxsus Ludicrous tartibiga ham ega bo‘ladi. Uning yordamida Model S P100D 2,5 soniyada tezligini 100 km/soatga chiqara oladi. Model X P100D esa 2,9 soniyada shunday natijaga erisha oladi. Kompaniyaga ko‘ra, Model S P100D seriyali ishlab chiqariladigan eng tezkor mashinalar ichida uchinchisidir.
100 kVt⋅s hajmli yangi akkumulyator bir marta quvvatlantirish bilan uzoqroq masofaga borish imkonini beradi. Xususan, Model S P100D 500 kmni ortda qoldira oladi. Bu esa, elektromobillar orasida eng yaxshi ko‘rsatkichdir.
P90D modeliga buyurtma berib, unga ega bo‘lmagan xaridorlar 10 ming AQSh dollari evaziga buyurtmasini P100D modeliga o‘zgartirishlari mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:40 / 12.06.2026
Xiaomi Tesla va BYDʼga qarshi yangi model bilan chiqmoqchi
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
17:59 / 10.06.2026
Meksika 8600 dollarga o‘ta arzon Olinia Uno elektromobilini taqdim etdi
22:44 / 26.05.2026