Jahon | 10:01 / 25.08.2016
7771
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada navbatdagi zilzila yuz berdi

Italiyaning markaziy qismida 4,2 magnitudali navbatdagi zilzila yuz berdi. Bu haqda Yevropa-O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi ma'lum qildi. 

Ma'lum qilinishicha, zilzila markazi Rimdan shimoli-sharqda va L'Akuila shahridan 55 km shimolda joylashgan bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i 2 km chuqurlikda bo‘lgan.

Zilzila oqibatlari haqida hozircha ma'lumot berilmagan.

Avvalroq Italiyaning markaziy qismida yuz bergan zilzila oqibatida 159 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi. Zilzila Umbriya, Latsio va Marke viloyatlari tutashgan joyda yuz bergan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid