Jahon | 20:30 / 25.08.2016
4681
1 daqiqa o‘qiladi

O‘t o‘chiruvchilar Italiyadagi zilziladan keyin xarobalar ostidan 215 kishini qutqarishdi

Italiyada zilziladan talofat ko‘rgan hududlarda qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borayotgan o‘t o‘chirish xizmati xodimlari shu vaqtgacha xarobalar ostidan 215 kishini chiqarib olishga muvaffaq bo‘lishgan. Bu haqda prefekt Bruno Frattazi ma'lum qilgan.

Uning aniqlik kiritishicha, Latsio hududidagi Riyeti viloyatida 200 kishi qutqarilgan, yana 15 kishi Markening turli nuqtalaridagi vayronalar ostidan chiqarib olingan.

Frattazining ma'lum qilishicha, ayni damda qutqaruv ishlariga jalb etilgan xodimlar soni 2027 nafar.

Eslatib o‘tamiz, 24 avgustga o‘tar kechasi Italiyaning markaziy qismida, Maltinyano kommunasidagi L’Akuila shahridan 48 km masofada, Rimdan 116 km shimoli-sharqda 6,1 balli zilzila qayd etildi. Bu tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lganlar soni 241 nafarni tashkil qilmoqda.

Bundan oldinroq, qutqaruvchilar vayronalar ostida 17 soat qolib ketgan 10 yoshli qizchani qutqarishgani haqida xabar berilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid