Jahon | 21:12 / 26.08.2016
7578
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyadagi zilzila qurbonlari soni 278 nafarga yetdi

Italiya markazidagi halokatli zilzila qurbonlari soni 278 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda RaiNews24 xabar berdi.

Bundan oldingi xabarlarda qurbonlar soni 267 nafarni tashkil qilayotgani, 387 kishi jaratlangan holda shifoxonada qolayotgani aytilgandi.

Qurbonlar asosan Amatricheda qayd etilgan (218 kishi). Shuningdek, Arkuata-del-Trontoda 49 kishi, Akkumolida 11 kishi halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 24 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 3:36da, Italiyaning markaziy qismida 6,1 balli zilzila qayd etildi. Bu tabiat hodisasida Latsio, Umbriya va Marke viloyatlari jiddiy talofat ko‘rdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid