Jahon | 22:40 / 26.08.2016
13329
1 daqiqa o‘qiladi

Oq uy: Rossiyaning harakatlari Suriyada ekstremizmni kuchaytirmoqda

Foto: © RIA

Rossiyaning Suriyadagi harakatlari terrorchilarga foyda bo‘lmoqda va AQShga qiyinchiliklar yaratmoqda, deb aytdi Oq uy rasmiy vakili Josh Ernest.  

"Shundoq ham dahshatli bo‘lgan gumanitar vaziyat qandaydir tariqa yomonlashdi. Siyosiy muzokaralar murakkablik bilan bormoqda. Rossiyaning harakatlari faqatgina Suriyadagi ekstremizmni kuchaytirmoqda", deb aytdi Ernest.  

Ernestning aytishicha, bu muammolarning bir qismidan AQSh boshchiligidagi koalitsiyaning aralashuvi evaziga qochishga muvaffaq bo‘lingan, bunga "Rossiyaning harakatlariga qaramasdan" erishilgan.

Ernest go‘yoki Rossiya o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishni istamayotgani sababli vaziyatni, jumladan AQSh uchun, murakkab deb atadi hamda bunday harakatlar Rossiyaga ham aks ta'sir ko‘rsatishi mumkinligini ta'kidlab o‘tdi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid