Jamiyat | 19:58 / 27.08.2016
19036
2 daqiqa o‘qiladi

3 sentabrdan Toshkentda issiq suv o‘chirila boshlanadi

Toshkentda 3 sentabrdan 21 oktabrgacha reja asosida issiq suv 5 kunga o‘chirila boshlanadi. Bu haqda "Vecherniy Tashkent" gazetasi ma'lum qildi. 

Quyida issiq suvning o‘chirilishi jadvali keltirilgan:

IM-1 «Shimoli-Sharqiy» — 17−21 oktabr
IM-2 «Qorasuv» — 5−9 sentabr
IM-3 «G‘arbiy» — 5−9 sentabr
IM-4 «Shimoliy» — 19−23 sentabr*
IM-5 «Chilonzor» — 5−9 sentabr *
IM-6 «Janubi-G‘arbiy» — 10−14 oktabr
IM-7 «Aviasozlar» — 3−7 oktabr
IM-8 «Sirg‘ali» — 26−30 sentabr
ToshIEM — 3−7 oktabr**
"Vodnik" qozonxonasi — 26−30 sentabr
"Sanoatenergo" qozonxonasi — 19−23 sentabr

* IM-4 to‘xtatilgan vaqtda IM-10 ta'sir hududida ham issiq suv bo‘lmaydi.

** IM-5 to‘xtatilgan vaqtda IM-9 ta'sir hududida ham issiq suv bo‘lmaydi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid