Köp kvartirali uylarda issiqlik ta’minoti xizmatlari körsatiş qoidalariga özgartiriş kiritildi.

Unga köra, jismoniy şaxs issiqlik ta’minoti tariflari oşgan taqdirda, avans tölovlari doirasida körsatilgan xizmat uçun tölov kunidan boşlab 2 oydan oşmaydigan davrga qöşimça tölovlardan ozod etiladi. Bungaça mazkur davr 12 oyni taşkil etgan.

Veolia Energy kompaniyasining 11 iyun kungi xabariga köra, bu tartib ham isitiş, ham issiq suv xizmatlariga tegişli.

Xabarda aytilişiça, Köp kvartirali uylarda issiqlik ta’minoti xizmatlari körsatiş qoidalariga tegişli özgarişlar kiritilgan.

Kun.uz'ning e’tibor qaratişiça, Vazirlar Mahkamasining mazkur özgarişga oid 212-sonli qarori 2026 yil 29 aprelda qabul qilingan. Ammo bu qarorni Lex.uz'dan topişning imkoni bölmadi.

Gaz va elektrdagi şunga öxşaş tartibdan farqi nimada?

Tariflar oşganda avans tölovi hisobiga muayyan muddat eski tariflarning amal qilişiga oid tartib elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minotida ham bor, biroq issiqlik ta’minotidagi bu norma biroz farq qiladi.

Ma’lumki, elektr energiyasi va tabiiy gazning oşirilgan tariflari kuçga kirgan kundan e’tiboran, abonentlar bilan balansidagi mablağ doirasida 2 oygaça eski tariflar asosida hisob-kitob qilinadi. Bunda avans tölovi yangi tariflar kuçga kirişidan oldin tölangan bölsa kifoya.

Issiqlik ta’minotida esa avans tölovi aynan qaysi kuni tölangani muhim ahamiyatga ega. Çunki tarif oşganida eski tarif saqlanib qoladigan 2 oylik muddatning boşlaniş sanasi bölib yangi tarif kuçga kirgan sana emas, avans tölangan kun hisoblanadi.

Şu sababli issiqlik ta’minoti iste’molçilari uçun tarif oşişidan faqat 1 kun oldin tölov qilib qöyiş manfaatliroq, ana şundagina vaqtinça eski tarif amal qiladigan 2 oylik muddatdan töliq foydalaniş imkoniyati böladi.

Bundan taşqari, gaz-svet va issiqlik ta’minoti uçun avans tölovlarida yana bir farq bor. Gaz va svet tariflari oşganda avans tölovi doirasida eski tarifning amal qilişi jismoniy şaxslar uçun 2 oygaça, yuridik şaxslar uçun esa 1 oygaça davom etadi. Issiqlik ta’minotida esa yuridik şaxslar uçun bunday davr közda tutilmagan; 2 oylik muddat faqat jismoniy şaxslarga tegişli.

Eslatib ötamiz, Toşkent şahrida issiqlik va issiq suv ta’minoti tariflari oxirgi marta 2025 yil noyabrda oşgan edi. Öşanda narxlar aholi uçun 15 foizga, yuridik şaxslar uçun 40 foizga kötarilgandi.