Jahon | 08:45 / 27.08.2016
7907
2 daqiqa o‘qiladi

BMT Fransiyada burkini kiyishga taqiqlov bekor qilinganini ma'qulladi

BMTda Fransiya davlat kengashining musulmon ayollar cho‘milish kiyimi – burkini kiyishga taqiqlovni noo‘rin deb tan olgani ma'qullandi. Bu haqda BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma'lum qildi. 

26 avgustda Fransiyadagi oliy ma'muriy instansiya hisoblanadigan Fransiya davlat kengashi Vilnev-Lube kurorti meriyasi tomonidan burkini kiyishga qiritilgan taqiqlovni noo‘rin deb topdi. Davlat kengashining fikri boshqa shaharlardagi shunday qarorlar yuzasidan shikoyatlarning sudlar tomonidan ko‘rib chiqilishida inobatga olinadi. Hozirda esa burkini taqiqlangan shaharlar 30 ga yaqinni tashkil qilmoqda.

"Biz sudning qarorini ma'qullaymiz", deb aytdi Dyujarrik jurnalistlarga va "inson qadr-qimmati hurmat qilinishi zarurligini" ta'kidlab o‘tdi. 

Avvalroq Guardian nashri o‘z tahririyatiga kelib tushgan suratlarga asoslanib, Nitstsadagi plyajda politsiyachilar dam olayotgan musulmon ayolni burkinining tepa qismi – ko‘k rangdagi, uzun yengli tunikani yechishga majbur qilganlarini ma'lum qilgandi.  

Shu bilan birga Sisko shahri meri Anj-Per Vivoni davlat kengashi qaroriga qaramasdan, mahalliy plyajlarda burkinini kiyishga kiritgan taqiqlovini bekor qilmoqchi emasligini aytdi.

Butun tanani yopib turuvchi burkinini kiyishga taqiqlov Fransiyaning Nitstsa, Kann, Menton, Sen-Loran-dyu-Var, Sisko, Le-Tuke, Lekat, Ua-Plaj, Vilnev-Lube, Bole-syur-Mer va Mandele-la-Napul shaharlarida amal qilmoqda. Bu taqiqlovga bo‘ysunishdan bosh tortgan uch ayol 38 yevro miqdorida jarimaga tortilgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid