Jamiyat | 19:00 / 27.08.2016
5598
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada SMS vositasida 6 mln yevrodan ortiq mablag‘ to‘plandi

Italiya fuqaro muhofazasi departamenti mamlakatning markaziy tumanlarida yuz bergan dahshatli zilziladan so‘ng, 3 kun ichida 6 mln yevrodan ortiq mablag‘ yig‘ishga erishgan. Bular, aholi tomonidan ko‘ngilli ravishda SMS vositasida yuborilgan pullardir, deya ma'lum qilgan departament vakili. 

"Tabiiy ofatdan keyin 3 kun ichida 6 mln 120 ming 296 yevro pul to‘plandi", -deyiladi xabarda. 

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 290 nafarga yetgan. 400 nafarga yaqin odam turli darajada jabrlangan. 2 mingdan ortiq inson boshpanasidan ayrilgan. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid