Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada zilziladan aziyat chekkanlarga sms-xabar orqali pul yig‘ilmoqda
Italiya fuqarolik mudofaasi departamenti Italiya markazidagi vayronakor zilziladan keyin 3 kun ichida sms-xablarlar orqali aholining xayr-ehsonlari hisobiga 6 mln yevrodan ko‘proq mablag‘ yig‘di.
"Birinchi uch kun ichida yig‘ilgan qiymat 6 mln 120 ming 296 yevroni tashkil qildi. Pullar fuqarolik mudofaasi departamenti tomonidan ochilgan hisob raqamiga mobil aloqa operatorlarining sms-xabarlari orqali maxsus raqamga kelib tushdi", deyildi departament xabarida. Barcha operatorlar uchun yagona raqam zilzila yuz bergan 24 avgustda e'lon qilindi. Barcha istovchilarga o‘z telefon raqamlaridan 2 dollarlik sms-xabar yuborish taklif qilingan.
Departament shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari va birinchi ehtiyoj buyumlarini yig‘ish to‘xtatilganini ma'lum qildi, chunki mahalliy hukumatning aytishicha, to‘plangan gumanitar yordam tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan barcha shaharlar aholisiga yetarlilik qiladi, boshpanasiz qolgan fuqarolar esa moddiy yordamga muhtojlar.
Departamentdan tashqari, zilzila jabrdiydalariga pul yig‘ish bilan nohukumat, xayriya tashkilotlari, radio va televideniye shug‘ullanmoqda.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, zilzila qurbonlari soni 290 ga yetdi. 400 ga yaqin odam jarohat olgan, 2 mingdan ko‘proq odam boshpanasiz qolgan.
Mavzuga oid
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026