Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oltinko‘lda Mustaqillik bayrami shodiyonalari bo‘lib o‘tdi
Yurtimizning barcha go‘shalarida bo‘lgani singari Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida ham eng ulug‘, eng aziz bayramimiz bo‘lmish Mustaqillik ayyomi katta shodiyonalar bilan nishonlanmoqda.
Tuman markazidagi “Oltinko‘l” markaziy o‘yingohi bayramga munosib tarzda rang-barang panno va shiorlar bilan bezatildi.
Sahna uzra O‘zbekiston madhiyasi yangradi. Tadbirda ulug‘ ajdodlarimizning boy merosi ramziy chiqishlar orqali ifodalandi. O‘tgan yigirma besh yillik mustaqil taraqqiyot davrida erishilgan natijalar, islohotlar samarasi, xalqimizning tinch, osuda hayoti jamiyatimizdagi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik fazilatlari, milliy va umumbashariy qadriyatlarga uyg‘un holda aks ettirildi.
“Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida ona-yurt, tinchlik, do‘stlik, bag‘rikenglik kabi mavzularni o‘zida mujassamlashtirgan sahna chiqishlari hamda dilrabo kuy-qo‘shiqlar shodiyona ishtirokchilariga bir olam quvonch bag‘ishladi.

















Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
23:01 / 24.12.2025
OChL-2. «Andijon» biror marta g‘alaba qozonmadi va guruhda qolib ketdi
12:21 / 22.12.2025
Andijonda bozor rastasi quladi (video)
22:08 / 13.12.2025
Andijon va Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
08:25 / 11.12.2025