Jahon | 20:10 / 28.08.2016
5191
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Turkiyaga charter parvozlarga taqiqlovni bekor qildi

Rossiya Turkiyaga charter parvozlarga taqiqlovni bekor qildi. Tegishli qarorni bosh vazir Dmitriy Medvedev imzoladi. 

Hujjat bilan charter parvozlarga taqiqlov kiritilgan qarorga o‘zgartirish kiritiladi. 

"Turkiya bilan muntazam havo aloqasini amalga oshirishda transport xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan qo‘shimcha choralar qabul qilinsin", deyilmoqda qarorda. 

Hujjatda, shuningdek, aviakompaniyalarga qo‘shimcha xavfsizlik choralarini ta'minlash tavsiya qilish topshirilgan.

"Rossiya aviatsiya mutassadilari Turkiyaga charter parvozlarni amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni tezlik bilan ta'minlashga, jumladan Rossiya aviakompaniyalariga tegishli ruxsatlarni berishga tayyor", deb aytdi Rossiya transport vaziri Maksim Sokolov. 

Vazirlikda aviakompaniyalarga bu borada telegramma yuborilgani va ular o‘z navbatida Rosaviatsiyaga charter parvozlarni amalga oshirishga arizalar berishni boshlashgani ta'kidlab o‘tildi.

 

Mavzuga oid