Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yadro quroli sinovlariga qarshi xalqaro harakat kuni
29-avgust Yadro sinovlariga qarshi xalqaro harakatlar kuni hisoblanadi. U, 2009-yil 2-dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasi tomonidan tasdiqlangan.
Ushbu masala bo‘yicha hujjat loyihasi Qozog‘iston tomonidan taklif etilgan bo‘lib, 26 davlat, xususan Armaniston, Belorussiya, Tojikiston va Turkmaniston kabi mamlakatlar hammualliflik qilgan.
1991-yil 29-avgustda Qozog‘iston davlat rahbari Nazarboyev farmoniga ko‘ra, Semipalatinsk yadro sinov poligoni rasman yopildi. Bu esa, mamlakatning dunyodagi yirik zaxiralardan biri bo‘lgan yadro qurolidan voz kechish jarayonini boshlab bergan edi.
Sobiq Semipalatinsk yadro poligoni 1949-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Yerdagi ikkinchi yirik yadro poligoni hamda dunyodagi to‘rtinchi yadro quroli omborxonasi hisoblanardi.
Yadro sinovlariga qarshi xalqaro harakat kuni, yadro qurolining sinalishi va boshqa har qanday portlashi oqibatlaridan hamda uni taqiqlash zaruratidan insonlarni ogoh etish maqsadini o‘zida mujassam etgan.
Bu kun 2010-yildan nishonlab kelinadi. Shu munosabat bilan butun dunyo bo‘ylab, ushbu mavzuda turli simpoziumlar, konferensiya va ko‘rgazmalar tashkil etiladi. Ma'ruzalar, eshittirish va ko‘rsatuvlar tayyorlanadi.
Bugungi kunda, yadro quroliga ega davlatlar norasman “Yadro klubi” a'zosi hisoblanadi. Bular quyidagilardir:
1. AQSh
2. Rossiya (sobiq SSSR)
3. Buyuk Britaniya
4. Fransiya
5. XXR
6. Hindiston
7. Pokiston
8. KXDR
9. Isroilda yadro quroli mavjud degan taxminlar mavjud.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026