Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatar yangi soliq turini amaliyotga joriy qildi
Qatar hukumati mamlakatning Doxadagi Hamad International Airport eng yirik xalqaro aeroportidan parvoz qiluvchi yo‘lovchilarga soliq joriy qildi, deb xabar qilmoqda Amirlikning Arabian Business nashri.
35 qatar riyoli (9,6 dollar) miqdoridagi soliq barcha yo‘lovchilar, jumladan tranzit va charter reyslari orqali parvoz qiluvchilardan ham olinadi. Mahalliy sayyohlik operatorlariga yuborilgan ko‘rsatmalarga binoan, soliq 30-avgustdan kuchga kiradi va joriy yilning birinchi dekabridan keyingi chiptalardan olinadi.
Fors ko‘rfazi mamlakatlari so‘nggi vaqtlargacha dunyoning ko‘pgina davlatlaridan farqli ravishda aeroportlardan foydalanganlik uchun soliq olishmagan, deb yozadi nashr. Joriy yilning boshlarida shu kabi soliq solingani haqida BAA hukumati ma'lum qilgandi.
Qatar davlat byudjyeti ijrosida oxirgi 15 yil ichida ilk marotaba kamomad qayd etilishi mumkin. Bunga jahon bozorlaridagi neft narxining arzonligi sabab bo‘lmoqda. Hukumat hisob-kitoblariga ko‘ra, uning miqdori 10 mlrd dollardan oshadi.
Mavzuga oid
10:40 / 04.12.2025
Maktab va bog‘chalar qurilishini moliyalashtirish mahalliy budjetlarga o‘tkaziladi
14:41 / 03.12.2025
“Hech kim bizga kredit bermasdi” - Jamshid Qo‘chqorov avvalgi ma’muriyat davridagi budjet profitsiti haqida
15:36 / 28.11.2025
O‘zbekiston oltin narxi oshishining budjet va dollar kursiga ta’sirini cheklashi kerak – XVJ
23:03 / 27.11.2025