Qatar hukumati mamlakatning Doxadagi Hamad International Airport eng yirik xalqaro aeroportidan parvoz qiluvçi yölovçilarga soliq joriy qildi, deb xabar qilmoqda Amirlikning Arabian Business naşri.

35 qatar riyoli (9,6 dollar) miqdoridagi soliq barça yölovçilar, jumladan tranzit va charter reyslari orqali parvoz qiluvçilardan ham olinadi. Mahalliy sayyohlik operatorlariga yuborilgan körsatmalarga binoan, soliq 30-avgustdan kuçga kiradi va joriy yilning birinçi dekabridan keyingi çiptalardan olinadi. 

Fors körfazi mamlakatlari sönggi vaqtlargaça dunyoning köpgina davlatlaridan farqli ravişda aeroportlardan foydalanganlik uçun soliq olişmagan, deb yozadi naşr. Joriy yilning boşlarida şu kabi soliq solingani haqida BAA hukumati ma'lum qilgandi. 

Qatar davlat byudjyeti ijrosida oxirgi 15 yil içida ilk marotaba kamomad qayd etilişi mumkin. Bunga jahon bozorlaridagi neft narxining arzonligi sabab bölmoqda. Hukumat hisob-kitoblariga köra, uning miqdori 10 mlrd dollardan oşadi.