Light | 00:24 / 29.08.2016
67867
3 daqiqa o‘qiladi

O‘liklar shahri yoxud sayyoramizning eng katta mozori

Vodiy as-Salom — nafaqat Iroqdagi, balki butun dunyodagi eng katta qabriston. U 1,4 mingdan ortiq yoshda. Millionlab shiyalar shu yerda dafn qilinishni orzu qilishadi: Muhammad payg‘ambarimizning jiyanlari va kuyovlari, birinchi imom - Alining qabri Vodiy as-Salomda   joylashgan. Afsonalarga ko‘ra, ushbu ulkan qabristonda ajabtovur mo‘'jizalar ro‘y berar ekan. Qabristonda har kuni yuzlab kishilar - askarlar, tinch aholi, 13 yildan beri davom etib kelayotgan urush qurbonlari dafn etiladi.

Vodiy as-Salomda taxminan 5 million kishi dafn etilgan. 

Foto: Alaa Al-Marjani / Reuters

Butun Iroq va Eron shiyalari qarindoshlari qabrini ziyorat qilish uchun Vodiy as-Salomga tashrif buyurishadi.

Imom al-Mahdiy maqbarasi - qabristonning diqqatga sazovor joylaridan. 

Qarindosh qabrida Qur'on tilovati.

Vodiy as-Salomdagi go‘rkov bola. Qabriston maydoni muntazam ravishda kengayib boradi - bugungi kunda uning maydoni 600 gektardan ortiq.

Janoza. An'anaga ko‘ra, tanani yuvib, oq kafanga o‘raladi, imom Ali maqbarasida janoza o‘qilmoqda, vafot etgan kishining tanasini maqbara atrofida uch marta aylantirishadi.

Iroqdagi urush qanchadan-qancha kishilarning hayotiga zomin bo‘ldi - mozorda bir kunda yuzlab kishi dafn qilinadi. 

Imom Mahdiy maqbarasida chashmadagi muqaddas suvdan olish uchun navbat kutishmoqda. 

Vodiy as-Salom qabristoni YuNeSKO jahon merosining dastlabki ro‘yxatiga kiritilgan.

Imom Mahdiy maqbarasida namoz vaqti. Aytishlariga qaraganda, Mahdiy - "yashirin imom" - har payshanba shom namozida mahalliy masjidda paydo bo‘lar ekan.

Go‘rkov chilim chekib, dam olmoqda.

2003 yilda amerikaliklarning Iroqqa hujum qilgan paytida bu yerda kuniga 250 nafargacha kishi dafn etilgan. 

Qabr toshlarini yuvish uchun shishalarga suv olishmoqda.

Vodiy as-Salom qabristoni tomon yo‘l olgan shiyalar. 

2004 yilda qabristonda jang olib borilgan: amerikalik askarlar qabrlar orasida okop qazib olgan jangarilarni quvishgan.

 

Mavzuga oid