Jahon | 08:55 / 30.08.2016
3544
1 daqiqa o‘qiladi

Boliviyada chaqmoq urishdan 5 kishi halok bo‘ldi

Boliviyada chaqmoq urishdan bir vaqtda 5 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda EFE axborot agentligi.  

Voqea Beni departamentidagi San-Lorenso shahrida yuz berdi. Bir guruh odamlar yomon ob-havo sharoitidan qochib omborga berkingan, chaqmoq aynan unga kelib urilgan.

Halok bo‘lganlar orasida ikki nafar balog‘atga yetmagan bola bo‘lgan. Bir keksa odam jarohatlangan, u shifoxonaga yetkazilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid