Sport | 21:06 / 30.08.2016
12967
2 daqiqa o‘qiladi

Fotogalereya: Paralimpiyachilarni Braziliyaga kuzatish marosimi o‘tkazildi

«Gazeta.uz»

30 avgust kuni erta tongda O‘zbekiston milliy termasi Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan XV Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun Braziliyaga jo‘nab ketdi. «Toshkent» xalqaro aeroportida paralimpiyachilarni kuzatishga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. «Gazeta.uz» marosimdan fotoreportaj tayyorlagan.

O‘zbekistonning 32 paralimpiyachisi sportning besh turi — dzyudo, yengil atletika, suzish, o‘q otish va pauerlifting bo‘yicha medallar uchun kurash olib boradi. Delegatsiya a'zolarining eng katta qismi — 12 nafari yengil atletika (nayza otish, yadro uloqtirish va yugurish) bo‘yicha ishtirok etadi.

Terma jamoa tarkibidan taniqli atletlar bilan bir qatorda juda yosh, sportda ilk bor katta musobaqalarda ishtirok etayotganlar bor.

«Barcha jamoaning kayfiyati ajoyib darajada, — dedi yadro uloqtirish bo‘yicha 2014 yilgi Osiyo o‘yinlari chempioni Mavlon Haydarov. — Barchamiz eng yaxshi natijalarni namoyon etish va imkon qadar ko‘proq medallarni qo‘lga kiritishga tayyormiz. Olimpiyachilarimizning Braziliyadagi g‘alabalari ishtiyoqimizni ko‘tarishga yordam berdi».

Poytaxt aeroportida paralimpiyachilarni kuzatish uchun ko‘plab rasmiy shaxslar: bosh vazir o‘rinbosari Majit Karimov, Milliy aviakompaniya bosh direktori Valeriy Tyan, Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati, sportchilarning qarindosh va yaqinlari tashrif buyurdi.

 

 

 

Mavzuga oid