Tayvan 8K televizorlarni ishlab chiqarmoqda
8K formatidagi teleradioeshittirishlarning paydo bo‘lishi muqarrar tarzda ommaviy iste'molchilar uchun tegishli panellar ishlab chiqarilishiga sabab bo‘ladi. Bu yangi qurilmaning narxi misli ko‘rinmagan qiymatda bo‘lsa ham, unga mos keluvchi kanal faqatgina Yaponiyada bir dona bo‘lsada, ishlab chiqaruvchilar yangi televizorlarning talabgir bo‘lishiga ishonch bildirishmoqda.
Tayvanning Innolux kompaniyasi o‘z ichki bozoriga 7680×4320 pikselli (8K) 65 dyuymga ega panellarning kichik qismini chiqara boshladi. Ularning ortidan to‘rtinchi mavsumda AU Optronics (AUO) ham yangi ekranli televizorlarni ommaviy ishlab chiqara boshlaydi. Har ikkala kompaniya ham Touch Taiwan 2016 ko‘rgazmasida o‘z mahsulotlarini namoyish qiladi.
Biroq 8K panellarni ishlab chiqarish bilan birgina Tayvan shug‘ullanmayapti. Qo‘shni mamlakatlarda yaponiyalik va janubiy koreyalik kompaniyalar, jumladan, LG Display ham 2016 yilning so‘nggi oylarida 65 va 98 dyuym o‘lchamidagi yangi displeylarni taqdim etishni rejalashtirgan. Umuman olganda, tahlilchilar fikricha, 2018 yilning oxiriga kelib, 8K televizorlari bozorning ko‘p qismini emas, bir necha foizinigina qamrab olishi mumkin
Mavzuga oid
13:50 / 04.11.2024
Tayvan RFga dastgohlar yetkazib berish to‘liq to‘xtatilganini ma’lum qildi
13:10 / 04.11.2024
Taybey: Tayvanlik ikkinchi ko‘ngilli Ukraina uchun janglarda halok bo‘ldi
23:36 / 31.10.2024
Tayvanga «Kong-rey» superto‘foni yopirildi
21:37 / 22.10.2024