Dunyoning eng yuqori texnologiyali velosipedi 3 D-printerdan chiqdi
Asrlar osha shakllangan ikki g‘ildirakli harakat vositasiga qanday yangilik kiritish mumkin? Velosipedning elektr dvigatelli, turli navigatsiya va yordamchi gadjyetli bir qator turlari mavjud, lekin hech kim zamonaviy texnologiya yutuqlarini velosiped detallarini ishlab chiqishda qo‘llash haqida o‘ylab ko‘rmagan. Belgiya kashfiyotchilari bundan istisno.
Bunday ixtiro uchun Flam王D (Flame 3D) nomli kompaniyalar guruhi mas'uliyatni o‘z zimmasiga oldi. Barcha detallar 3D printerda bosib chiqarilgan, velosipedga esa ajabtovur王-Bike nomi berildi.
Tuzilma o‘ta mustahkam polimerga asoslangan, u velosiped ramalarini ishlab chiqarishda qo‘llanadigan har qanday zamonaviy alyuminiy qotishmadan yengilroq va mustahkamroq. Velosipedning deyarli barcha qismlari shu polimerdan ishlab chiqilgan, ular og‘irlik va kuchli zarbalarga chidamlidir.
Kashfiyot mualliflari batafsil ma'lumot uchun maxsus video taqdim etishdi.
Mavzuga oid
22:55 / 02.11.2024
Yaponiyada endi velosiped haydash vaqtida telefondan foydalangan shaxslar qamaladi
17:08 / 02.11.2024
Braziliyada kattaligi chumoliday keladigan qurbaqa topildi
13:17 / 28.10.2024
Olimlar bola tug‘ilmasidan oldin undagi nuqsonli genlarni tuzatish usulini o‘rgandi
10:20 / 22.10.2024