Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarbayjonda shaxmat olimpiadasi boshlandi
Bugun Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida butunjahon shaxmat Olimpiadasining ochilish marosimi o‘tkazildi. Turnir davomida Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) 87-kongressi tashkil qilinadi.
42-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida O‘zbekiston ayollar va erkaklar terma jamoalari ham ishtirok etadi.
1 sentabr kuni start olib, 14 sentabrda yakuniga yetadigan Olimpiadada 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov, xalqaro grossmeysterlar Anton Filippov, Jahongir Vohidov, Marat Jumayev, shuningdek, iste'dodli Nodirbek Yoqubboyev O‘zbekiston sharafini himoya qilishadi. Jamoa sardori Farhod Sobirov.
Ayollar terma jamoasining Bokuga yo‘l olgan tarkibi quyidagicha: Nafisa Mo‘minova, Nodira Nodirjonova, Irina Gevorkyan, Gulruhbegim Tohirjonova va Sarvinoz Qurbonboyeva.
Turnirga jami 182 jamoa tashrif buyurgan, shundan 142 jamoa - ayollar jamoalari.
2002 yilda ta'sis etilgan Olimpiadada shu vaqtgacha Armaniston terma jamoasi 3 marta, Ukraina terma jamoasi 2 marta g‘alaba qozongan. Har 2 yilda bir marta tashkil qilinadigan turnirda oxirgi marta, 2014 yili xitoylik shaxmatchilar birinchi bo‘lishgan.
Norvegiya terma jamoasi tarkibida amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen ham bor. U 2016 yilning noyabrida unvonini himoya qilish uchun Bokuda Karyakinga qarshi bahs olib boradi.
Mavzuga oid
18:11 / 22.03.2026
Bokuda XV asrga oid “Buxoro karvonsaroyi” restavratsiyadan so‘ng ochildi
13:41 / 17.03.2026
Bokuda fransiyalik shaxs josuslik aybi bilan 10 yilga hukm qilindi
18:47 / 13.11.2025
O‘zbekiston – Ozarboyjon uchun qardosh mamlakat, ishonchli ittifoqchi – Ilhom Aliyev
15:56 / 02.07.2025