O‘zbekiston | 12:38 / 01.09.2016
20048
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston favqulodda holatlar masalasida hamkorlik qiladi

 O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vaziri Tursinxon Xudayberganov Toshkentda Qozog‘iston elchisi Yerik Utembayev bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar ikki davlat o‘rtasida favqulodda holatlarni bartaraf etish sohasida hamkorlik qilish hamda mutaxassislarni tayyorlash masalasini muhokama etishgan.

Qozog‘iston elchisi aholini tabiiy ofatlar oqibatlaridan himoya qilish borasida doimiy ravishda tajribalar almashishni yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqiy hamkorlik olib borish taklifini bildirgan.

Tomonlar sohaning barcha yo‘nalishlarida uzoq muddatli hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishishgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid