Jahon | 00:48 / 02.09.2016
7722
2 daqiqa o‘qiladi

Venesuelada o‘n minglab odamlar hukumatga qarshi marshga chiqdi

Venesuela poytaxti Karakasda mamlakat hukumatiga qarshi va mamlakat prezidenti  Nikolas Maduroning iste'foga chiqarilishini qo‘llab-quvvatlab marsh o‘tdi. 

O‘n minglab odamlar  shahar ko‘chalari bo‘ylab o‘tdilar. Namoyishchilar shu tariqa hukumatni prezidentning impichmenti bo‘yicha referendum o‘tkazishga ruxsat berishga chaqirdilar.

Ta'kidlanishicha, Karakasda hukumat tarafdorlarining ham marshi o‘tmoqda.  Venesuela hukumati muxolifatni davlat to‘ntaruvini amalga oshirishga urinishda ayblamoqda.

Maduro uning hukumati davlat to‘ntaruviga qarshi kurashga tayyorligini bildirdi. "Agar ular to‘ntaruv, pistirma va siyosiy zo‘ravonlik, inqilobiy hukumatni istayotgan bo‘lsalar, ularga ajoyib va hayratomuz javob ta'minlansin", deb aytdi Maduro.

Hukumat muxolifat rejalashtirgandek bir million namoyishchini jalb qila olmaganini aytdi.

1 avgustda muxolifat prezident impichmenti jarayonini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgandan 2 barobar kamroq imzo to‘plagan. Yana bir imzo to‘plash jarayoni bo‘lishi kerak: bunda barcha qayd etilgan saylovchilarning 20 foizi, ya'ni kamida 4 mln odamning imzosi lozim bo‘ladi. Bu bosqich muvaffaqiyat bilan tugasa, mamlakat saylov qo‘mitasi referendum tashkil qilishga ruxsat beradi va u 2017 yil 10 yanvarigacha o‘tkazilishi lozim bo‘ladi.

Venesuela, Nikolas Maduro, impichment

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid