Jahon | 12:18 / 02.09.2016
6107
2 daqiqa o‘qiladi

WP: siyosiy muammolar Xitoydagi «yigirmalik» sammitiga soya soladi

XXRda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan «katta yigirmalik» anjumanida jahon iqtisodiyoti bilan bog‘liq muammolar muhokama etilsa-da, siyosiy va xavfsizlik masalalari dunyoning yetakchi davlatlari yetakchilari yig‘ilishiga soya soladi, deb yozmoqda The Washington Post.

Qayd etilishicha, bugungi kunda Yevropadagi terrorchilik xurujlari, AQShdagi prezidentlik saylovlari, shuningdek, Suriya va Iroqdagi mojarolarning keskin tusda davom etayotgani shular jumlasidandir. Taxminlarga ko‘ra, jahon davlatlari yetakchilari bu muammolarni guruhlar yig‘ilishida yoinki ikki tomonlama muzokaralarda muhokama etishadi. Bundan tashqari, Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishiga qaror qilgani va uning jahon iqtisodiyotiga ta'siri, iqlim o‘zgarishlari, inson huquqlari va KXDR yadro dasturi ham muhokama etiladi. 

Nashrning qayd etishicha, Turkiyadagi harbiy davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng, Rajab Toyyib Erdo‘g‘an birinchi marta yirik xalqaro anjumanda ishtirok etadi. 

Nashrning yozishicha, sammit chog‘ida aytarli jiddiy natijaga erishilmaydi. Birgina, Xitoy va Yaponiya o‘rtasida Sharqiy Xitoy dengizidagi mojaroli hududlar bo‘yicha kelishuvga erishishidir. 

«Albatta, bu mintaqadagi keskinlikni kamaytirishdek qabul qilinadi», — deb hisoblamoqda Vashingtondagi Heritage Foundation vakili Din Cheng. 

Bundan tashqari, WP nashriga ko‘ra, AQSh prezidenti Barak Obama, Transatlantika erkin savdo hududini barpo etish g‘oyasini ilgari suradi. Shu kunlarda, mazkur masala bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgani xabar qilingan edi. 

Avvalroq, Kreml ma'muriyati ma'lum qilganidek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Amerika yetakchisi Barak Obama G20 sammitida Suriya masalasida fikr almashishi mumkin. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid