Texnologiya | 01:20 / 03.09.2016
9660
1 daqiqa o‘qiladi

Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 smartfonlarini bepul almashtirib beradi

Illyustrativ surat

Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab Galaxy Note 7 smartfonlarini yangisiga almashtirib beradi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 
Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtgacha sotilgan barcha qurilmalar yangilariga bepul almashtirib beriladi.  
Avvalroq Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7’dagi nuqsonlarni aniqlash uchun uni sotishni to‘xtatgani ma'lum qilingandi.
 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid