Jahon | 15:12 / 04.09.2016
16049
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda G20 sammiti rasman ish boshladi

Xitoyda  4 sentabr kuni "Innovatsion, sog‘lom, izchil va inklyuziv dunyo iqtisodiyotini qurish" mavzusida G20 sammiti ish boshladi. 

XXR hukumatining ma'lum qilishicha, mamlakat raisligida o‘tayotgan sammitning ustuvor vazifalari - butun dunyoda iqtisodiy rivojlanish uchun yangi imkoniyatlarni izlash, jahon iqtisodiyoti va moliyaviy vositalarni yanada samarali boshqarish, davlatlararo savdo va sarmoya maydonlarini rag‘batlantirish, inklyuziv va izchil taraqqiyotni yo‘lga qo‘yish.

G20 (20 davlat guruhi) - mamlakatlararo iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik masalalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan anjuman. G20 tarkibiga Avstraliya, Argentina, Braziliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Italiya, Kanada, Xitoy, Meksika, Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQSh, Turkiya, Fransiya, Janubiy Koreya, JAR, Yaponiya va Yevropa Ittifoqi kiradi. Bundan tashqari G20 uchrashuvlarida odatda turli xalqaro tashkilotlar, jumladan Moliyaviy barqarorlik kengashi, Xalqaro valyuta fondi, Jahon savdo tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Jahon banki vakillari ham ishtirok etadi. 

G20 davlatlarining yalpi ichki mahsuloti dunyo YaIMning 85 foizini tashkil etadi. 

2013 yilda G20'da Rossiya raislik qilgan, undan keyin esa - Avstraliya, o‘tgan yili "20 davlat guruhi"ni Turkiya qabul qildi. 

Sammit 5 sentabr kuni o‘z ishini tamomlaydi. 
 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid