Sport | 09:06 / 05.09.2016
8644
2 daqiqa o‘qiladi

Abu Diabi: «Odamlar shishadan yasalganim haqida aytishini eshitish yoqimsiz»

«Marsel» yarim himoyachisi Abu Diabi unga odamlarning o‘zi haqida «shishadan yasalgan odam» deya aytishlari yoqmasligini bildirib o‘tdi.

«Odamlar ba'zan mening shishadan yasalganim haqida gapirishadi. Bu ruhan yomon ta'sir qiladi. Ular bilmaydilarki, men har kuni tiklanish uchun qancha mehnat qilishimni. Men nima qila olaman? Bu mening hayotimning bir qismi ekan.

Albatta, 2006 yilning mayida Den Smit ishlatgan fol ko‘p narsani o‘zgartirib yubordi. Ungacha men deyarli jarohat olmas edim. Hozir men undan yozg‘irmoqchi emasman. Barchasi o‘tmishda qoldi. Lekin bunday voqea keyinroq ro‘y bergani yaxshi edi. Jiddiy jarohat olmaganimda barchasi boshqacha bo‘lardi», – deydi futbolchi.

Arsen Venger 2006 yili «Oser»dan Abu Diabini olib kelganida uning yangi Patrik Viyeraga aylanishini kutgandi.

Lekin Diabi «Arsenal»da o‘tkazilgan 9 mavsum davomida 42 marta jiddiy jarohat oldi va o‘tgan yilning yozida jamoani tark etdi.

Manba: Tribuna.uz 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid