Jamiyat | 15:18 / 05.09.2016
8699
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada rul chambaragini o‘zgartirgan mashina haydovchisi ushlandi

Avstraliya politsiyasi mashinasining rul chambaragini o‘zgartirib, shahar ko‘chalarida yurgan haydovchini ushladi, deb yozmoqda «Gazeta Daily».

Avstraliyaning Adelaida shahri politsiyasi 32 yashar haydovchini, «Mazda» avtomobilining rulini tovaga o‘zgartirib olgani uchun qo‘lga olishga majbur bo‘lgan. 

Mahalliy politsiya xabarida aytilishicha, uni mazkur qoidabuzarlik uchun bir necha marotaba jarimaga tortishgan. Biroq, haydovchi rul o‘rniga idish vositasida avtomobilni boshqarishda davom etgan. 

Bundan tashqari, mahalliy qonunlarga ko‘ra, u bundan ham og‘irroq qonunbuzarlikni sodir etgan. Haydovchi mashinasini texnik ko‘rikdan o‘tkazmagan va uni sug‘urtalamagan. 

Endi, avstraliyalik sud oldida javob berishi kerak. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid