Jahon | 18:41 / 05.09.2016
4910
1 daqiqa o‘qiladi

Kobulda 2ta portlash ro‘y berdi, qurbonlar soni 20 nafardan ortiq

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida sodir etilgan navbatdagi teraktlar oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi. Reuters xabariga ko‘ra, 90dan ortiq kishi jarohatlangan.

Aniqlik kiritilishicha, Mudofaa vazirligi binosi oldida portlashlar sodir etilgan.

Guvohlarning aytishicha, avvaliga kuchsiz portlash yuz bergan, bundan maqsad odamlarni ko‘proq jalb etish bo‘lgan. Hodisa joyiga jabrlanuvchilarga yordam berish uchun odam yig‘ilganida ikkinchi, kuchli portlash ro‘y bergan.

Hozircha hech qaysi tashkilot bu portlashlar uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.

Mavzuga oid