Jamiyat | 16:37 / 05.09.2016
18463
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda prezident xotirasiga ehson oshi berildi

Bugun, 5 sentabr kuni tongida Samarqand shahrida O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga ehson oshi berildi.

Musulmon odatlariga ko‘ra, marhum vafotidan 3 kun o‘tib respublikaning barcha viloyatlarida xalqqa "xudoyi" oshi tarqatildi. 

Xususan Samarqandda, Registon maydoni ro‘parasidagi "Mo‘'jiza" restoranida dasturxon yozildi. Shu kuni soat 11:00dan soat 15:00gacha shahar aholisiga osh tarqatildi. Samarqandlik jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullayev voqea joyidan suratlarni taqdim etgan.

 O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov 2 sentabr, juma kuni vafot etdi. Dafn marosimi 3 sentabr kuni, Islom Karimovning o‘z vasiyatiga ko‘ra, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi. 3—5 sentabr kunlari O‘zbekistonda motam kunlari deb e'lon qilingan.

Mavzuga oid