Jahon | 17:38 / 06.09.2016
6378
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyadagi jazirama harorat 20 yil avvalgi rekordni yangiladi

Ispaniyada favqulodda issiq havo harorati qayd etildi. Issiq urishi natijasida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqida RIA "Novosti" ma'lum qildi

Andaluziyaning ba'zi hududlarida 45 daraja issiq bo‘lgan - bu sentabr uchun tarixiy rekord. Bu mintaqadagi eng yuqori harorat 1988 yilda (42 daraja issiq) qayd etilgan. Prognozlarga ko‘ra, jazirama harorat kamida chorshanba kuniga qadar saqlanib turadi. 

Seshanba kuni Ispaniyaning 38 provinsiyasida termometr 40 daraja issiqdan oshishi taxmin qilingandi. Davlat meteorologiya xizmati (Aemet) 16 provinsiyasida xavfning "olovrang" darajasi, yana 6 provinsiyasida - "sariq" darajasini e'lon qildi. Sevilyada termometr 44 daraja issiq haroratni ko‘rsatmoqda.  

Quyidagi joylarda 40 darajadan ortiq harorat qayd etilgan: Badaxos (Estremadura), Kordobe (Andalusiya), Xaene (Andalusiya), Granade (Andulusiya), Orense (Galisiya), Lugo (Galisiya), Toledo (Kastiliya La-Mancha), Syudad Real (Kastiliya La-Mancha) va boshqa bir qator aholi punktlari.  Madridda harorat 40 darajaga yaqinlashgan. 

Jazirama natijasida bir kishi halok bo‘ldi: Buyuk Britaniyaning 70 yoshli fuqarosi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabariga ko‘ra, halok bo‘lgan shaxs suv va yegulikdan voz kechib, muqaddas amallarni bajarayotgan bo‘lgan.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid