Jamiyat | 20:56 / 06.09.2016
10351
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistonida podshoh sharafiga Qur'on musobaqasi o‘tkaziladi

Saudiya Arabistonida podshoh Abdulaziz sharafiga uyushtiriladigan Qur'on musobaqasida 76 davlatdan 112 ishtirokchi qatnashadi.

Qur'on hifzi va tilovati bo‘yicha mahalliy va xalqaro musobaqalarni tashkil qilish bosh kotibi Masjidul haromda bo‘lib o‘tadigan «Podshoh Abdulaziz xalqaro Qur'on musobaqasi»da ishtirok etadigan qorilar ro‘yxatini e'lon qildi.

Unga ko‘ra, 76 davlatdan 112 ishtirokchi 38-Xalqaro Qur'on musobaqasida qatnashadi. Musobaqa muharram oyida bo‘lib o‘tadi va unda ishtirokchilar Qur'on tilovati va tafsiri yo‘nalishida o‘z bilimlarini sinashadi.

Ishtirokchilar quyidagi bo‘limlarga bo‘lingan holda ishtirok etadi:
1-guruhda 13 ishtirokchi;
2-guruhda 49 ishtirokchi;
3-guruhda 34 ishtirokchi;
4-guruhda 16 ishtirokchi.

Shu munosabat bilan Islomiy ishlar, va'z va irshod bosh vaziri shayx Solih ibn Abdulaziz bu musobaqaning o‘sib kelayotgan yosh avlod uchun ahamiyatini bayon qilib, shunday dedi: «Bu musobaqa yosh o‘g‘il-qizlarning mafkura borasida toyib ketishining oldini oladi, yomon g‘oyalardan uzoqlashtiradi va yaxshilik sari yetaklaydi. Zero, Qur'on nurdir. Bu musobaqaning boshqa Qur'on musobaqalardan afzallik tomoni uning Masjudul haromda o‘tkazilishidir. Ishtirokchilar musobaqa bilan bir qatorda umra qilish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, Masjidun nabaviy va boshqa muqaddas makonlarni ziyorat qiladi».

Musobaqa quyidagi shartlarni o‘z ichiga olgan:
-  Birinchi marta ishtirok etayotgan bo‘lishi;
-  Ishtirokchi 25 yoshdan o‘tmagan bo‘lishi;
-  O‘z yurtida mashhur qori yoki tajvid ustasi bo‘lmasligi;
-  Musobaqaning faqat bitta yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etishi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid