Jahon | 20:44 / 06.09.2016
6277
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreyadagi suv toshqinlari oqibatida 60 kishi halok bo‘ldi

KXDR shimolidagi Xamgyon-Pukto viloyatidagi suv toshqinlari oqibatida 60 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi (TsTAK) xabar bergan.

Yana 25 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Suv toshqinlari tufayli 8 mingga yaqin sholipoya suv ostida qolgan. Hosilni yig‘ib olish choralari qo‘llanmoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, suv toshqini vaqtida 560ta ijtimoiy muassasa butunlay yoki qisman vayron bo‘lgan. Shuningdek, 20ta zavod hamda 20ta maktab jiddiy shikastlangan.

Suv toshqinlari tufayli yo‘llar, ko‘priklar hamda to‘g‘onlarga zarar yetkazgan. Viloyatning ba'zi hududlarida odamlar evakuatsiya qilingan.

Ayni vaqtda hududga quruvchilar bo‘linmasi uylar va yo‘llarni qayta tiklash maqsadida yo‘l olgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid