Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya HHK Iroq shimolida 12ta nishonni yo‘q qildi
Turkiya harbiy-havo kuchlari Iroq shimolida o‘tkazilgan amaliyot orqali 12ta nishonni yo‘q qilgan. Reyter agentligi xabariga ko‘ra, bu nishonlar Kurdiston ishchilar partiyasiga tegishli edi.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, bu amaliyotlar Metin va Xakurk tumanlarida joylashgandi.
Batafsil ma'lumotlar keltirilmagan.
Turkiya Kurdiston ishchilar partiyasi faoliyatini taqiqlagan. Partiya mamlakatda qator teraktlar sodir etishda ayblangan. Partiya jangarilari 2015 yili sodir etilgan teraktdan keyin o‘zaro ziddiyatlar yangilandi.
Turkiya bosh shtabi o‘tgan vaqt ichida 6 mingdan ortiq kurd jangarilarini yo‘q qilgani haqida ma'lum qilgan. O‘zaro to‘qnashuvlar oqibatida 700dan ortiq harbiy politsiyachi va harbiylar halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:30 / 21.01.2026
Suriyada kurdlar muxtoriyati tugatildi
12:20 / 21.01.2026
Germaniyada minglab kishi kurdlarni qo‘llab-quvvatlash aksiyalariga chiqdi
18:39 / 19.01.2026
AQSh Iroqdan qo‘shinlarini olib chiqish jarayonini yakunladi
10:40 / 19.01.2026