Jahon | 07:43 / 07.09.2016
8976
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Obama va Putin bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi

Foto: © REUTERS

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an G20 sammiti doirasida Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Barak Obama bilan qo‘shimcha muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

"Erdo‘g‘an AQSh va Rossiya rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlardan so‘ng yana bittadan uchrashuv o‘tkazdi. Anqara Turkiya chegaralari hududida terrorchilik xavfini yo‘qotish masalasi bo‘yicha to‘liq qo‘llab-quvvatlov oldi. Hozir bu hududni kengaytirish lozim. Shuning uchun muxolifat kuchlari yangi hududlarni ozod qilib Suriya ichiga kirib bormoqda", deb aytdi Erdo‘g‘an matbuot kotibi Ibrohim Qalin.

Qalin IShID terrorchilik guruhi Turkiya chegaralariga allaqachon xavf solmayotganini qo‘shimcha qildi. Uning aytishicha, avval jangarilar tomonidan nazorat qilingan Turkiya-Suriya chegarasidagi 90 km lik hudud terrorchilardan tozalangan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid