Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Frans Press agentligi KXDRda vakolatxonasini ochdi
© Flickr
Xalqaro yangiliklar agentligi Frans Press Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyanda o‘z byurosini ochmoqda, deya ma'lum qilgan agentlik rahbari Emanuel Xoog.
Xabar qilinishicha, Pxenyandagi idorasi mijozlarni birinchi navbatda video va fotomateriallar bilan ta'minlaydi.
"Mazkur bo‘limning ochilishi Frans Pressning 150 mamlakatdagi 200ga yaqin vakolatxonasidan tarkib topgan tarmoqdagi ochiq joyni to‘ldiradi", — degan Xoog byuroning ochilish marosimida. Uning aytishicha, Frans Press axborot erkinligi, oshkoralik tushunchalariga sodiqdir. Bu uning asosiy qadriyatlari hisoblanadi.
Xabar qilinishicha, Frans Press agentligi Assoshieyted Pressdan so‘ng, Shimoliy Koreyada doimiy vakolatxonaga ega ikkinchi axborot tashkiloti bo‘ldi.
Mavzuga oid
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026
KXDR Konstitutsiyasi o‘zgartirildi – uning nomidan «sotsialistik» so‘zi olib tashlandi
12:45 / 23.03.2026