Xalqaro yangiliklar agentligi Frans Press Şimoliy Koreya poytaxti Pxenyanda öz byurosini oçmoqda, deya ma'lum qilgan agentlik rahbari Emanuel Xoog.
Xabar qilinişiça, Pxenyandagi idorasi mijozlarni birinçi navbatda video va fotomateriallar bilan ta'minlaydi.
"Mazkur bölimning oçilişi Frans Pressning 150 mamlakatdagi 200ga yaqin vakolatxonasidan tarkib topgan tarmoqdagi oçiq joyni töldiradi", — degan Xoog byuroning oçiliş marosimida. Uning aytişiça, Frans Press axborot erkinligi, oşkoralik tuşunçalariga sodiqdir. Bu uning asosiy qadriyatlari hisoblanadi.
Xabar qilinişiça, Frans Press agentligi Assoşieyted Pressdan söng, Şimoliy Koreyada doimiy vakolatxonaga ega ikkinçi axborot taşkiloti böldi.












