Jahon | 07:39 / 08.09.2016
5083
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning Missisipi shtatida harbiy samolyot halokatga uchradi

AQShning Missisipi shtatidagi Meridian shahri yaqinidagi harbiy-dengiz kuchlari bazasidan uzoq bo‘lmagan joyda o‘quv-mashg‘ulot parvozi vaqtida T-45 harbiy samolyoti halokatga uchradi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. 

AQSh harbiy-dengiz kuchlari vakili Penni Rendal samolyotdagi instruktor va o‘quvchi muvaffaqiyatli ravishda katapulta qilishganini ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, ikkala uchuvchi ham shifoxonaga yetkazilgan, ularning hayoti xavf ostida emas. 

Ayni vaqtda harbiy tergovchilar samolyotning qulashi sabablarini aniqlashtirishmoqda.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid