Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eshton Karter: Rossiya dunyo tartibini buzmoqda
AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter Rossiyani jahon tartibini buzishga urinayotganlikda aybladi. U, Oksford universitetida qilgan ma'ruzasida shunday bayonot bilan chiqish qilgan, deya xabar qilmoqda Associated Press.
Uning fikricha, sovuq urush davri yakunlangach, hamkorlikda erishilgan ijobiy natijalarga qaramay, Rossiyaning «Ukraina va Gruziya hududiy yaxlitligini buzishi, havoda, fazoda va virtual kenglikda o‘zini noprofessional tutishi hamda yadro qurolini ko‘z-ko‘z qilishi» shuni isbotlaydiki, rasmiy Moskva «bugungi kundagi jahon tartibini aniq buzishga urinmoqda».
Karterning ta'kidlashicha, AQSh Rossiya bilan bevosita urush bir yoqda tursin, hatto yangi sovuq urushiga ham intilmayapti.
«Biz Rossiyada o‘zimizga dushman qidirayotganimiz yo‘q, ammo, xomtama bo‘lmang, ittifoqchilarimizni, mavjud xalqaro tartib va'da qilayotgan ijobiy kelajakni himoya qilamiz», — degan Amerika mudofaa vaziri.
«Biz, kollektiv xavfsizligimizni barbod qilishga bo‘lgan urinishlarga qarshi kurashamiz. Shuningdek, demokratik jarayonlarimizga aralashish borasida urinishlarga jim qarab tura olmaymiz», — deb yakunlagan Karter.
Mavzuga oid
00:14
Yaqin Sharqdagi urush: AQSh va Eron uchuvchilarni izladi
23:43 / 05.04.2026
Tehron AQSh infratuzilmasiga zarba berish bilan tahdid qildi
20:48 / 05.04.2026
AQSh Eron bilan urush davomida yettita samolyotini yo‘qotdi – OAV
17:56 / 04.04.2026