Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston prezidenti yagona soliq haqidagi qonun loyihasini imzoladi
Hindiston prezidenti Pranab Kumar Mukerji 8 sentabrda yirik ko‘lamdagi soliq islohotiga yo‘l ochib beruvchi konstitutsion tuzatmani imzoladi. Ushbu tuzatma bilan mahsulotlar va xizmatlarga yagona soliq kiritiladi, deb ma'lum qildi hind OAV.
Tuzatma Hindistonning 16 shtati (jami 29 shtatning yarmidan ko‘pi va mamlakatning ikkita ittifoqdosh hududi) qonunchilik assableyalari tomonidan ma'qullangandan keyin qabul qilindi.
Yagona soliq ishlab chiqarish, mahsulot va xizmatlarni sotish va iste'mol qilishga qo‘shimcha soliq bo‘ladi. U markaziy hukumat va shtatlar hukumatlari tomonidan undiriladigan barcha soliqlar o‘rnini bosadi. Bu Hindiston mustaqillikka erishgandan keyin amalga oshirilgan soliqqa solish sohasidagi eng yirik islohot bo‘ldi. Hukumatning fikricha, qonun Hindiston iqtisodiyoti o‘sishini 1,5-2 foizga tezlashtiradi.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
19:15 / 01.05.2026