Jamiyat | 09:04 / 09.09.2016
5484
1 daqiqa o‘qiladi
Alp tog‘larida osma yo‘l kabinkalarida 110 kishi qolib ketdi
G‘arbiy Alplarda Monblan tog‘ massivi bo‘ylab o‘tuvchi osma yo‘lning tomosha kabinkalarida 110 kishi qolib ketdi, deb xabar berilmoqda hudud ichki ishlar vazirligi saytida.
Ma'lum qilinishicha, voqea osma yo‘ldagi texnik muammolar sababli yuz bergan. Odamlar dengiz sathidan 3 ming metrdan ortiqroq balandlikda qolib ketganlar.
Frantsuz va italyan qutqaruvchilari kabinkalarda qolib ketgan odamlarni evakuatsiya qilish uchun choralar ko‘rmoqdalar. Ta'kidlanishicha, qorong‘u tushguncha 65 kishi vertolyotlarda evakuatsiya qilingan. Qutqaruv operatsiyasi ob-havo sharoiti tufayli vaqtinchalik to‘xtatildi. Qolgan 50 kishi tonggacha kabinkalarda qolishlariga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
20:52 / 19.07.2023
Xitoy kompaniyasi Qashqadaryoda osma dor yo‘lini qurish uchun 15 million dollar sarmoya kiritadi
11:46 / 05.08.2022
Avstriya Qashqadaryoda osma yo‘l barpo etishni rejalashtirmoqda
00:02 / 23.06.2018
Shveytsariyada 400 sayyoh osma yo‘l buzilishi sababli 3 ming metr balandlikda qolib ketdi
20:51 / 16.03.2018