Muloqot çoğida Qaşqadaryo viloyati Kitob tumani toğli hududlarida zamonaviy osma yöllar barpo etiş, uning atrofida turizm obektlari quriş va hudud sayyohlik salohiyatini oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar örtasida uzunligi 1500 metr bölgan, boşlanğiç nuqtasidan 1000 metr balandlikka kötariladigan, quvvati soatiga 800 nafar sayyohga xizmat körsatişga möljallangan yozgi va qişki mavsumlarda faoliyat yurituvçi zamonaviy osma yölni barpo etiş böyiça muzokaralar ötkazildi. Loyihani moliyalaştiriş uçun Avstriya moliya institutlari imtiyozli kredit mablağlarini jalb qiliş masalasi körib çiqildi.

Muzokaralar yakunida loyiha dastlabki texnik-iqtisodiy asoslarini işlab çiqiş va uning yakunlari böyiça Doppelmayr kompaniyasi mutaxassislari Özbekistonga safarini taşkil etiş böyiça kelişuvga erişildi.

Doppelmayr qarorgohi Volfurt şahrida joylaşgan va osma yöllarni barpo etişga ixtisoslaşgan yirik kompaniya hisoblanadi. Doppelmayr 1892 yilda taşkil etilgan bölib, hozirgi vaqtga qadar 96 davlatda 15,4 mingdan ortiq osma yöl tizimlarini barpo etgan.