Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yevrovideniye-2017» qayerda o‘tkazilishi ma'lum bo‘ldi
Ukrainaning «Yevrovideniye-2017» tashkiliy qo‘mitasi tanlovning Kiyevda o‘tkazilishi haqida e'lon qildi. Bu haqida 9 sentabrda «112 Ukraina» telekanali xabar berdi.
Poytaxt 19 ovoz to‘pladi, Odessa - 2, bir kishi esa betaraf. Dnepropetrovsk hech qancha ovoz olmadi.
Shuningdek tadbirni o‘tkazish joyi ham ma'lum qilindi - Dneprning chap qirg‘og‘idagi Xalqaro ko‘rgazma markazi. Markaz oldindan qayta ta'mirlanadi. "Ovoz yozish texnikalari yangilanishi shart. U taxminan 12-14 ming tomoshabinni sig‘dira olishi kerak. Atrofdagi landshaft dizayni ham jihozlanishi lozim", - deya ta'kidladi Ukraina Madaniyat vaziri Yevgeniy Nishchuk.
Musiqiy tanlovning o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rish uchun kamida 15 million yevro sarflanadi.
«Yevrovideniye-2017» yarim finali 9 va 11 may kunlari, final esa 13 mayda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
19:41 / 05.05.2026
Ukraina Chuvashiyaga raketa va dronlar bilan hujum qildi
07:38 / 05.05.2026
Rossiya va Ukraina vaqtinchalik sulh e’lon qildi
21:06 / 04.05.2026
Yevropaliklar Rossiya ikki yil ichida NATO davlatiga hujum qilishga urinishini taxmin qilmoqda
09:23 / 04.05.2026