Jahon | 09:07 / 09.09.2016
8616
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Erdo‘g‘an bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali suhbatda Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

"Alohida e'tibor Suriyadagi vaziyatga qaratildi. Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida turli yo‘nalishlar bo‘yicha faol aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi", deb aytildi Kremlda.

Ma'lum qilinishicha, ikki yetakchi ikki tomonlama hamkorlikning yanada rivojlanishi masalalarini ham muhokama qilishgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid