Belarusda parlament saylovlari bo‘lib o‘tgan deb hisoblandi
Bugun Belarusda parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Ayni vaqtga kelib, saylovchilarning 50 foizidan ortiq qismi saylov uchastkalariga kelib, o‘z ovozlarini berishgan. Bu haqda Belarus Markaziy saylov komissiyasi ma'lum qilgan.
«Soat 14:00 holatiga ko‘ra, saylovchilarning 52,49 foizi saylovda ishtirok etdi», — deyilgan xabarda.
Saylovchilar Fuqarolar Vakillik palatasi (Belarus parlamenti quyi palatasi) deputatlariga ovoz berishdi.
Saylov uchastkalari 11 sentabr 20:00ga qadar ochiq bo‘ladi. Ovoz berish jarayonida Belarusning 6,9 milliondan ortiq fuqarosi ishtirok etishi mumkkin.
Parlamentning quyi palatasiga saylovlar majoritar tizim bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. Bunda saylovchilar 110ta okrugda 110 nafar deputatni saylashi lozim.
Mavzuga oid
10:38 / 19.03.2023
Qozog‘istonda To‘qayev davridagi ilk parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda
10:13 / 29.11.2021
Qirg‘izistonda ayrim partiyalar parlament saylovlari natijasini bekor qildirmoqchi
09:34 / 28.11.2021
Qirg‘izistonda parlament saylovlarida ovoz berish boshlandi
11:21 / 10.10.2021