Jahon | 09:14 / 11.09.2016
5584
1 daqiqa o‘qiladi

Tanzaniyadagi zilzila oqibatida o‘ndan ko‘proq odam halok bo‘ldi

Foto: imago stock&people / Globallookpress.com

Tanzaniyada 5,7 magnitudali zilzila oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi, 203 odam jarohat oldi, deb xabar bermoqda ABC News.

Zilzila kuchi, shuningdek, qo‘shni davlatlar – Ruanda, Burundi, Uganda va Keniyada ham sezilgan.

Zilzila markazi Nsunga shahridan 25 km sharqqa tomon Viktoriya ko‘lida bo‘lgan. Odamlarning aytishicha, zilziladan uylarning betor devorlari, maishiy texnika, mebellar silkingan, ko‘plab qishloq uylari bardosh bera olmay, vayron bo‘lgan.  

Ta'kidlanishicha, Buyuk Ko‘llar hududida zilzilalar bo‘lib turadi, biroq odatda ularning kuchi past bo‘ladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid