Texnologiya | 20:45 / 12.09.2016
6164
2 daqiqa o‘qiladi

WSJ: HP Samsung kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi

AQShning HP korporatsiyasi 1,05 mlrd dollar evaziga Samsung kompaniyasining printerlar ishlab chiqaruvchi sho‘'ba korxonasini xarid qilmoqchi, deb yozmoqda The Wall Street Journal.

Amerika kompaniyasi ushbu bitim vositasida lazerli printerlar uchun asosiy butlovchi qismlar ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘ladi. HP shu paytgacha ularni boshqa firmalardan xarid qilib kelayotgan edi. 

Shu bilan birga, kelishuv shartiga ko‘ra, Samsung Janubiy Koreyada printerlarni o‘z nomi bilan sotishda davom etadi. Biroq, ularni ishlab chiqarish bilan HP shug‘ullanadi.

Xabarlarda ta'kidlanishicha, oldi-sotdi bitimi shu yil oxiriga qadar yakuniga yetkaziladi. Uning nihoyasida Janubiy Koreya kompaniyasi HP korporatsiyasining 100 mlndan 300 mln dollargacha bo‘lgan aksiyasiga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, HP asosan kompyuterlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Biroq, uning asosiy daromadi printerlar uchun bo‘yoq kartridjlarni yetkazib berishdan tushadi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid